Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

Atoqli adib Erkin A’zam bilan ijodiy uchrashuv o`tkazildi!

Erkin A’zam (A’zamov Erkin Normamatovich) 1950.10.8, Boysun tumanida tug‘ilgan. Yozuvchi, publitsist, senarist. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist.

Erkin A’zam asarlari o‘ziga xos yumoristik bayon uslubi, kinoyali tili, kutilmagan badiiy yechimlarga egaligi bilan ajralib turadi. Yozuvchining insonga xos eng chigal jihatlarni ochiq ko‘rsatmay, imo-ishora orqali aks ettirishi uning asarlari ta’sirchanligini oshiradi. Erkin A’zam qissa va hikoyalarida oddiy va to‘pori, boshqalarga o‘xshamaydigan, dardu tashvishlari, shaxsiy kechinmalari bilan yaqqol ajralib turadigan badiiy xarakterlarni yaratgan. Xarakterlar falsafasini yoritish, uslubiy taranglik, psixologik tahlilning kuchliligi, asar syujetining xarakterlar asosiga qurilishi, voqealar o‘rtasidagi bog‘liqlikni obrazlar, detallar orqali ifodalash, muallif va personaj nutqining yaqinligi, psixologizm va falsafiylikning mushtarakligi Erkin A’zam badiiy uslubining asosiy xususiyatlari hisoblanadi.

Joriy yilning 12 sentabr kuni Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Erkin A’zam kitob taqdimoti davomida “-“Jiydali” so‘zi o‘rnida Boysun so‘zini qo‘yib o‘qing. “Boysun jonim Boysunim” kelib chiqadi. Bu asarim aynan mening kindik qonim to‘kilgan, meni hamisha bag‘riga tortib turgan ajib va jiydali Boysunimga atalgan. Ko‘rdingizmi men qanchalar Boysunimni yaxshi ko‘raman”-adibning ushbu so‘zlari barcha kitobsevarlarni yana bir bor adibning ijodiga bo‘lgan xurmatini oshirdi.